16:55 / 06.01.2025
95

Redmi Turbo 4 va Poco X7 Pro: yangi smartfonlar haqida barcha ma'lumotlar!

Redmi Turbo 4 va Poco X7 Pro: yangi smartfonlar haqida barcha ma'lumotlar!
Redmi Turbo 4 Xitoyda taqdim etildi va 9 yanvardan xalqaro bozorga Poco X7 Pro nomi bilan chiqishi kutilmoqda. Ushbu smartfon MediaTek’ning yangi Dimensity 8400 protsessori bilan jihozlangan boʻlib, Qualcomm’ning Snapdragon 8s Gen 3 va Snapdragon 7+ Gen 3 kabi oʻrta sinf protsessorlari bilan raqobatlashadi, deb xabar beradi iXBT.com.

Test natijalariga koʻra, Dimensity 8400 AnTuTu CPU sinovida 1 799 330 ball toʻplab, Snapdragon 8s Gen 3 (1 654 675) va Snapdragon 7+ Gen 3 (1 497 646) chiplaridan ustun kelgan. GPU samaradorligi ham yuqori boʻlib, 3DMark WildLife Extreme sinovida 4 086 ball yigʻib, Snapdragon 8s Gen 3 (3 161) ni ortda qoldirgan.

Geekbench 6 testlarida Dimensity 8400 bir yadroli tekshiruvda 1 639 ball, koʻp yadroli sinovda esa 6 500 ball toʻplagan. Smartfon 6 550 mA·soatli akkumulyator, 90 Vt tezkor quvvatlash, 1,5K rezolyutsiyali ekran, 50 megapikselli kamera va IP68 himoya darajasiga ega boʻlishi kutilmoqda.

Xalqaro bozorda Redmi Turbo 4 narxi taxminan 370 yevro atrofida boʻlishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno