iOS 18.2.1 chiqarildi: muhim xatoliklar tuzatildi!

iOS 18.2.1 chiqarildi: muhim xatoliklar tuzatildi!
Apple kompaniyasi iOS 18.2.1 versiyasini barcha qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalar uchun chiqardi, deb xabar beradi iPhones.ru.

Ushbu yangilanishning yigʻilish raqami — 22C161. Kompaniya mazkur versiyada kiritilgan oʻzgarishlarni aniq koʻrsatmagan boʻlsa-da, uni oʻrnatishni tavsiya etmoqda. Yangilanish muhim xatoliklarni bartaraf qilishni oʻz ichiga oladi.

iOS 18.2.1 ni yuklab olish uchun qurilmaning "Sozlamalar" > "Asosiy" > "Dasturiy ta'minot yangilanishi" boʻlimiga oʻtishingiz kerak.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar