Foto: AP
Meta korporatsiyasi oʻz platformalari — Facebook, Instagram va Threads mikrobloglar servisida faktchekerlar xizmatidan voz kechadi.
Mark Tsukerbergning soʻzlariga koʻra, joriy tizim «juda koʻp xato va tsenzura mavjud nuqtaga etib kelgan». «Biz qoidalarni soddalashtiramiz va oʻz platformalarimizda soʻz erkinligini qaytaramiz», — dedi u.
Endilikda Meta platformalarida Ilon Maskka tegishli X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻidagi kabi boshqa foydalanuvchilarning izohlari paydo boʻladi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilarda tarmoq siyosatini buzayotgan postlar ustidan shikoyat qilish imkoniyati saqlanib qoladi. Ushbu shikoyatlar kontentni avtomatik skanerlash natijalaridan oldin hisobga olinadi.
Shuningdek, Meta «oʻz lentalarida koʻrishni istagan» foydalanuvchilar uchun siyosiy kontentlarni yashirishni toʻxtatadi.
Facebookʼda faktcheking tizimi 2016 yilda, Rossiya «trollar fabrikasi»ning AQShdagi prezidentlik sayloviga aralashuviga oid mojaro fonida paydo boʻlgandi. Faktcheking bilan Meta xodimlari emas, balki asosan professional jurnalist va muharrirlardan iborat boshqa tashkilotlar shugʻullangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriya davlat xizmatchilarining maoshlari 400 foizga oshiriladi
AQShda temiryoʻl koʻprigi poyezd harakati vaqtida qulab tushdi
Unreal Engine 5’da yaratilgan Underground 2 remaster: demo yuklab olishga tayyor
Ukrainada oʻtgan yili urushga qancha odam safarbar qilingani ma'lum qilindi
Sun'iy intellekt boshqaruvidagi yangi dunyo bolalari
Jo Bayden Lionel Messini Ozodlik medali bilan mukofotladi
Toshkentda ona tomonidan kaltaklangan 4 yoshli qizcha vafot etdi
Zelenskiy amerikalik podkaster Fridmanga intervyu berdi