Geely kompaniyasi 2025 yilda Galaxy brendi ostida beshta yangi modelni taqdim qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Autonews. Ushbu modellar gibrid tizimi bilan jihozlangan boʻlib, 2000 km gacha masofani bosib oʻtish imkoniyatiga ega.
Yangi lineyka ikkita yoʻltanlamas va uchta sedandan iborat boʻladi. Shuningdek, Geely yangi avlod ichki yonish dvigateli bilan jihozlangan ikki modelni ham namoyish etadi.
Galaxy brendi hozircha Rossiya bozorida rasman taqdim etilmagan. Ammo Geely’ning SNG bozoridagi rivojlanish boʻyicha ijrochi direktori Binbin Gu ushbu imkoniyat koʻrib chiqilayotganini ma'lum qildi.
2024 yilda Geely 2,17 million avtomobil sotdi, bu 2023 yilga nisbatan 32% ga koʻproqdir. Ushbu yilda Galaxy modellarining savdosi 494 000 donani tashkil etib, 80% ga oshdi.
Yangi Galaxy L6 EM-i sedani zamonaviy Thor EM-i gibrid tizimi bilan jihozlangan boʻlib, Galaxy L7 EM-i yoʻltanlamasining premium oilaviy model sifatida taqdimoti oʻtkazildi.
6 dekabr 2024 yilda ishlab chiqarilgan Galaxy Starship 7 EM-i modeli joriy yilda 20 000 donani sotishga ulgurdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekiston va rossiyalik olimlar koʻcha zoʻravonligini aniqlovchi neyron tarmoq yaratdi
Xiaomi quloq tozalash uchun qurilma yaratdi
Apple oʻzboshimchalik bilan foydalanuvchi suratlarini skanerlay boshladi
Mark Tsukerberg endi Facebook va Instagramʼda faktcheking boʻlmasligini ma'lum qildi
Apple iOS 18’da sun'iy intellektning roli haqida ma'lumot beradi
iOS 18.2.1 chiqarildi: muhim xatoliklar tuzatildi!