21 oktyabr kuni AQShning yirik Dyn nomli servis-provayderiga uyushtirilgan kuchli DDoS-hujum oqibatida mamlakatdagi ko‘plab internet-resurslar ishlamay qoldi. Terabayt.uz saytining ma’lum qilishicha, kiberhujum natijasida Twitter ijtimoiy tarmog‘i, Spotify veb-pleeri, Pinterest fotoxostingi, Netflix onlayn kinoteatri, Amazon internet-do‘koni va The New York Times gazetasining saytining ishida xatolik yuz bergan. Shubhasiz, yuqorida nomi keltirilgan servislar AQShdagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan resurslar toifasiga kiradi.
Dyn Managed DNS infratuzilmasiga uyushtirilgan kiberhujum bir necha soat davom etgan. Garchi servis-provayder bir qator mijozlardan kelgan bildirgilar asosida tarmoq ishidagi nosozliklarni bartaraf qilishga kirishgan bo‘lsa-da, kiber hujum ko‘lami juda katta bo‘lgani sababidan yuzlab saytlarning faoliyati buzilgan. Hozirda servis ishidagi barcha xatoliklar tuzatilgan, ammo xakerlar yana hujum uyushtirishi mumkinligini hech kim istisno qilmayapti. Ushbu hujum natijasida, asosan, AQShning sharqida joylashgan shtatlarda internet faoliyatiga katta zarar etkazilgan.
Bundan avvalroq quvvati 1 Tbit/soniya bo‘lgan DdoS hujum tufayli Fransiyaning OVH xosting-provayderining ishida ham yirik nosozliklar kuzatilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari