
Telegram messenjerining soʻnggi yangilanishidan soʻng koʻplab foydalanuvchilar qoʻllanish jarayonida muammolarga duch kelmoqda. Ayniqsa, smartfonlarning haddan tashqari qizishi va batareyaning tez tugashi kuzatilmoqda.
Shuningdek, messenjerning fon rejimida yuqori faolligi ham qayd etilgan. Bunday vaziyatda Rossiya Federatsiyasi Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kengashi raisi oʻrinbosari Artem Sheykin "Kasperskiy laboratoriyasi" mutaxassislariga murojaat qildi. U ekspertlardan messenjerning smartfonlarga ta'sirini tekshirishni soʻradi.
Mutaxassislarning tavsiyalari:
"Kasperskiy laboratoriyasi" mutaxassislarining ta'kidlashicha, qurilma haddan tashqari qizib ketganda ilovani darhol yopish lozim.
Sheykin shunday deydi:
"Agar smartfoningiz qizib ketsa, Telegram ilovasini yoping. Bu qurilmaning ishlamay qolish xavfini kamaytiradi."
Mutaxassislar foydalanuvchilarga ehtiyot boʻlish va qurilmalarning haddan tashqari qizishiga yoʻl qoʻymaslikni tavsiya qilishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar