23:04 / 25.10.2016
6 438

Xiaomi kompaniyasi Galaxy Note 7’ga juda o‘xshash smartfonini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi Galaxy Note 7’ga juda o‘xshash smartfonini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi Mi Note 2 nomi ostida o‘zining yangi fabletini namoyish qildi. Taqdimotdan keyinoq OAV xitoylik ishlab chiqaruvchilarni Samsung kompaniyasining tanazzulga uchragan flagmani - Galaxy Note 7 dizayn elementlarini ko‘chirganlikda gumon qildi.

Mi Note 2 aksariyat Android-flagmanlarda qo‘llanuvchi Snapdragon 821prosessori bazasiga qurilgan. Qurilma 5,7 dyuymli OLED-displey, 4 yoki 6 Gb operativ xotira, 22,56 megapikselli asosiy kamera va 4070 mAch sig‘imdagi akkumulyator bilan ta’minlangan.


Galaxy Note 7 flagmanining ekrani ham 5,7 dyuym (lekin AMOLED), prosessori Exynos 8890 Octa — Samsung’ning shaxsiy ishlanmasi, 4 Gb operativ xotira, 12 megapiksel kamera va 3500 mAch sig‘imli akkumulyator.


64 Gb va 4 Gb’li Mi Note bahosi - 413 dollar, 128 Gb va 6 Gb’li model narxi esa - 516 dollar.


Mi Note 2 ko‘proq o‘zining xususiyatlari emas, Note 7 dizayni tufayli e’tiborni jalb qildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi kompaniyasi Galaxy Note 7’ga juda o‘xshash smartfonini taqdim etdi