
Kecha saytimizda Galaxy A5 (2017) modelining tarmoqda chiqqan suratlarini e’lon qilgan edik. Modelning hozircha qachon taqdim etilishi noma’lum. Biroq A seriyadagi qurilmalar haqida kundan-kunga yangi axborotlar paydo bo‘lmoqda. Misol uchun, bugun Samsung Galaxy A5 (2017) modelining “akasi” Galaxy A7 (2017) smartfoniga qarashli texnik parametrlar ommabop Antutu benchmarkida ko‘rinish berdi.
Benchmark natijalariga ko‘ra, mashhur A seriyaning yangi avlodiga mansub Samsung Galaxy A7 (2017) 3 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira bilan ta’minlanadi. Terabayt.uz saytining yozishicha, unga Mali T830 grafik adapteriga ega bo‘lgan Exynos 7870 prosessori, aniqligi 16 MP bo‘lgan asosiy va old kamera, Full HD aniqligidagi 5,5 dyuymli Super AMOLED ekran o‘rnatiladi.
Hozircha modelning qachon taqdim etilishi noaniq. Ammo ba’zi taxminlarga ko‘ra, u 2017 yilning boshida sotuvga chiqarilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar