Mahalliy "Coinpay" va xorijiy "Binance" kriptobirjalari integratsiya jarayonlari yakunlandi. Endi oʻzbekistonliklar "Coinpay" orqali xorijiy birjadan ham foydalanishi mumkin.
"Barcha integratsiya bosqichlari yakunlanganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz va endi Oʻzbekiston foydalanuvchilari Binance kripto-birjasi tomonidan ishlab chiqilgan echimdan rasmiy ravishda foydalanishlari mumkin.
Ushbu xizmatning ishga tushirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy istiqbolli loyihalar agentligi koʻmagida va Coinpay hamda Binance oʻrtasidagi samarali hamkorlik natijasida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga toʻliq rioya qilingan holda amalga oshirildi.
Endi foydalanuvchilar kripto-aktivlar bilan xavfsiz va qulay operatsiyalarni amalga oshirishlari, milliy valyutada bank kartalari va milliy toʻlov tizimlari orqali mablagʻ kiritish va echib olish imkoniyatiga ega", deyiladi kompaniya xabarida.
Manba: coinpay.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar