13:00 / 31.10.2016
7 615

Galaxy A3 (2017) Bluetooth sertifikasiyadan o‘tkazildi

Galaxy A3 (2017) Bluetooth sertifikasiyadan o‘tkazildi

terabayt caytining ma’lum qilishicha, Galaxy A3 (2017) modeli Hindistonning import/eksport operasiyalariga mo‘ljallangan Zauba saytida paydo bo‘lgan. Model ayni paytda Bluetooth Special Interest Group (SIG) tomonidan sertifikatlanmoqda.

Afsuski, Bluetooth SIG smartfondagi mazkur modulga tegishli axborotlardan tashqari boshqa texnik parametrlarni oshkor etmaydi. Biroq biz modelning qanday dizaynga ega bo‘lishini Android Authority saytida e’lon qilingan Galaxy A5 (2017) suratlariga qarab bilishimiz mumkin.

Hozirgacha internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan taxminlarga ko‘ra, Galaxy A3 (2017) sakkiz yadroli 1,5 GGs chastotada ishlaydigan prosessor, 4,7 dyuymli HD aniqligidagi AMOLED ekran, 2 GB tezkor xotira bilan jihozlanishi mumkin. Kamera sensorlarining aniqligi – 12MP/8MP. Model Android Marshmallow bazasida ishlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Galaxy A3 (2017) Bluetooth sertifikasiyadan o‘tkazildi