So‘nggi yillarda smartfon shunchaki aloqa vositasi vazifasini bajarish doirasidan chiqib, qo‘shimcha turli funksiyalarni ham amalga oshiradigan qurilmaga aylandi. Xususan, smartfonning internet tarmog‘i bilan bog‘lanishdagi ahamiyati juda katta. Mazkur tendensiyani yaxshi tushungan smartfon ishlab chiqaradigan kompaniyalar hozirda, asosan, ekran diagonali 5 dyuymdan yirik bo‘lgan qurilmalarni sotuvga chiqarishmoqda.
Biroq bunday katta ekranli qurilmalarni bir qo‘l bilan boshqarish qiyin va noqulay. Ayniqsa, ko‘plab boshqarish elementlari ekranning yuqori qismida joylashganda mazkur noqulaylik yanada ortadi. Terabayt.uz nashrining yozishicha, Google kompaniyasi mazkur ergonomik muammoni oldindan anglagan holda Chrome brauzerining Android ilovasida qidirish satrini ekranning quyi qismiga joylashtirishga qaror qilishdi. Hozircha bunday funksiya faqat Chrome Beta va Chrome Canary dasturlarida mavjud.
Beta-sinovlar yakunlangandan so‘ng ushbu funksiya brauzerning Android ilovasida paydo bo‘ladi. Hozircha chiqish muddatiga aniqlik kiritilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?