
«Yandeks.Rabota» servisi mobil dastur bilan boyidi, deya xabar bermoqda «Rossiyskaya gazeta».
Dastur butun Rossiya bo‘ylab 400 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlarini jamlaydi. U bir qator taniqli rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda yaratildi.
Internet orqali ish qidirishdan farqli ravishda, dastur rezyume yozish va uni yuborish talabini qo‘ymaydi: o‘zingizga mos vakansiyani topgach, shu zahotiyoq ish beruvchiga qo‘ng‘iroq qilish va uchrashish haqida kelishib olish mumkin.
Manba: www.daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar