23:56 / 04.02.2025
4

Galaxy S25 seriyasi Galaxy S24’ning rekordini yangiladi

Galaxy S25 seriyasi Galaxy S24’ning rekordini yangiladi
Samsung kompaniyasi Galaxy S25 smartfonlariga rekord darajadagi talab boʻlayotganini ma'lum qildi. Janubiy Koreyada ushbu yangi flagmanlar Galaxy S24 seriyasidan 7,4% koʻproq oldindan buyurtma olgan.

Janubiy koreyaliklar Galaxy S25 seriyasiga 1,31 millionta buyurtma berdi, bu esa Galaxy S24’dan 7,4% koʻp. Eng mashhur model Galaxy S25 Ultra boʻlib, barcha buyurtmalarning 52% shu model hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

* Galaxy S25 Ultra – 52%
* Galaxy S25 – 26%
* Galaxy S25 Plus – 22%

Samsung 22-yanvar kuni Galaxy S25 seriyasining taqdimotini oʻtkazdi. Dunyo boʻylab sotuvlar 7-fevral, juma kuni boshlanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno