03:40 / 05.02.2025
35

Spotify tarixida birinchi marta daromadga chiqdi

Spotify tarixida birinchi marta daromadga chiqdi

Spotify striming servisi 2024 yilda o‘z tarixida birinchi marta 1,14 milliard yevro daromad ko‘rdi. Bu haqda Bloomberg nashri Spotify Technology CA kompaniyasi hisobotiga asoslanib xabar berdi.

Foydalanuvchi statistikasi:

  • Umumiy faol foydalanuvchilar soni – 675 million (prognoz: 664,9 mln)

  • Pullik obunachilar – 263 million (prognoz: 254,9 mln)

Spotify aksiyalarining o‘sishi:

  • 4-fevral kuni Nyu-York fond birjasida Spotify aksiyalari 7,5% ga oshib, 590 dollarga yetdi.

  • 3-fevral kuni savdo yopilishida aksiyalar 549,08 dollar edi.

  • 2024 yilda Spotify aksiyalari 138% ga o‘sdi.

Kompaniya audiokitoblar va podkastlarni kengaytirgandan so‘ng, rentabellikka eʼtibor qaratishga qaror qilgan, natijada Spotify moliyaviy foyda ko‘rgan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno