![ASUS «arab shayxlari» uchun oltin dizayndagi eksklyuziv videokartani taqdim etdi](/uploads/posts/2025-02/geforce-rtx-5090-1.webp)
ASUS kompaniyasi GeForce RTX 5090 ning hashamat va texnologiyani qadrlovchilar uchun maxsus versiyasini e'lon qildi. ROG Astral GeForce RTX 5090 Dhahab nomini olgan ushbu model faqat kuchli texnik xususiyatlari bilan emas, balki oʻziga xos dizayni bilan ham ajralib turadi.
Videokarta toʻrt slotli konstruktsiyaga ega boʻlib, toʻrt ventilyator, bugʻ kamerasi va katta radiator bilan jihozlangan. Biroq uning asosiy oʻziga xosligi Oʻrta Sharq madaniyati va me'morchiligidan ilhomlangan oltin dizaynida. Korpus oltin rangda boʻlib, ustida arab kalligrafiyasi, turkuaz bezaklar va sahro manzaralari tasvirlangan.
Texnik xususiyatlar:
* 32 GB GDDR7 videoxotira (512-bit shinada)
* Maksimal chastota busti: 2610 MHz
* Kamida 1000 Vt quvvatli blok tavsiya etiladi
* Oʻlchamlari: 357 × 149 × 76 mm
Komplekt tarkibida pozolingan kronshteyn ham mavjud boʻlib, bu nafaqat karta barqarorligini oshiradi, balki dizaynga yanada hashamat bagʻishlaydi.
Narxi va chiqish sanasi hozircha noma'lum, ammo ekspertlar uning bazaviy model ($3100) dan ancha qimmat boʻlishini taxmin qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar