22:35 / 06.02.2025
44

Sony PlayStation dasturiy ta'minot jamoasini qisqartirmoqda

Sony PlayStation dasturiy ta'minot jamoasini qisqartirmoqda
Sony kompaniyasida navbatdagi ishdan boʻshatishlar boshlandi. Bu safar qisqartirishlar PlayStation dasturiy ta'minot boʻlimiga ta'sir koʻrsatdi. Ushbu holat haqida San-Frantsiskoda yashovchi katta texnik dizayner Ryosuke Xana xabar berdi.

"Jamoamning katta qismini PlayStation tarkibidan boʻshatishdi. Bu men uchun orzudagi ish edi — PS1 davridan beri oʻynab ulgʻaygan platformada, PS5, Portal, PS VR2, PS App va kelajakdagi konsollar ustida ishlash katta sharaf edi. Agar siz konsol interfeysi bilan ishlash tajribasiga ega muhandis izlayotgan boʻlsangiz, bemalol bogʻlaning," — deydi Xana.

Sony texnik jamoasidan qancha odam boʻshatilgani yoki qisqartirish sabablari haqida rasmiy ma'lumot yoʻq. Biroq bunday voqealar endi hech kimni hayratga solmaydi: soʻnggi yillarda oʻyin industriyasi inqirozni boshdan kechirmoqda, va koʻplab kompaniyalar oldingi strategiyalarini davom ettirishga moliyaviy imkoniyat topa olmayapti.

Game Developers Conference tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, 2024 yilning yanvar oyida oʻyin industriyasidagi ishlab chiquvchilarning 11% ishdan boʻshatilgan, 4% esa butunlay yopilgan studiyalarda ishlagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno