Monster Hunter Wilds bepul beta-testining birinchi bosqichi boshlandi

Capcom kompaniyasi Monster Hunter Wilds oʻyini uchun barcha foydalanuvchilar uchun ochiq beta-test boshlaganini e'lon qildi. Beta-test PC, PlayStation 5 va Xbox Series platformalarida mavjud boʻlib, uning birinchi bosqichi 9-fevral tongiga qadar davom etadi. Ushbu bosqich asosan oldingi kuzgi test tarkibini oʻz ichiga oladi, biroq ba'zi oʻzgarishlar va qoʻshimchalar ham mavjud.
Birinchi beta-testda ishtirok etgan oʻyinchilar oʻz progresslarini yangi beta-testga oʻtkaza olishadi. Ikkinchi bosqich 13-fevraldan 16-fevralgacha davom etadi. Qiziqarli jihati shundaki, oʻyinning minimal va tavsiya etilgan tizim talablari pasaytirildi, bu esa koʻproq oʻyinchilarga oʻyinni sinab koʻrish imkonini yaratadi.
Muhim tafsilotlar:
? Beta versiyasini oʻrnatish uchun 24 GB boʻsh joy talab etiladi.
? Konsollarda pullik obuna talab qilinmaydi, shuning uchun ham multipleyer rejimini sinab koʻrish mumkin.
? Monster Hunter Wilds ning toʻliq versiyasi 28-fevral kuni PC, PS5 va Xbox Series uchun chiqadi.
Oʻyin avvalgi seriyalarga qaraganda oʻrganish uchun qulayroq boʻlib, klassik RPG oʻyinlariga yaqinlashgani ta'kidlanmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Birinchi beta-testda ishtirok etgan oʻyinchilar oʻz progresslarini yangi beta-testga oʻtkaza olishadi. Ikkinchi bosqich 13-fevraldan 16-fevralgacha davom etadi. Qiziqarli jihati shundaki, oʻyinning minimal va tavsiya etilgan tizim talablari pasaytirildi, bu esa koʻproq oʻyinchilarga oʻyinni sinab koʻrish imkonini yaratadi.

Izohlar 0
…