Samsung Galaxy S26 uchun One UI 9.0 beta-testining ikkinchi bosqichi boshlanadi

Samsung kompaniyasi Galaxy S26 turkumidagi smartfonlar uchun One UI 9.0 beta-dasturining navbatdagi bosqichi qachon boshlanishini maʼlum qildi. Unga koʻra, Hindiston va Polshadagi foydalanuvchilar ushbu yangilanishni sinab koʻrish imkoniyatiga 26-may sanasidan boshlab ega boʻlishadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Avvalroq kompaniya dasturning ilk toʻlqini AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va Janubiy Koreya bozorlari uchun ochilganini eʼlon qilgan edi. Samsung anʼanaviy tarzda dastlabki sinovlarni cheklangan hududlarda oʻtkazib, foydalanuvchilardan kelib tushgan fikr-mulohazalarni tahlil qilgach, qamrovni kengaytirish strategiyasiga amal qiladi.
Yangi One UI 9.0 interfeysi Android 17 operatsion tizimiga asoslangan boʻlib, u foydalanuvchilarga yanada boyroq sozlash imkoniyatlarini taqdim etadi. Shuningdek, tizimda Galaxy AI funksiyalarining yangi avlodi va interfeys dizaynidagi muhim oʻzgarishlar oʻrin olgan.
Galaxy S26, S26+ hamda S26 Ultra egalari ushbu yangilanish orqali smartfon imkoniyatlarini yanada samaraliroq boshqarishlari mumkin boʻladi. Kompaniya kelgusida beta-testda ishtirok etuvchi mamlakatlar roʻyxatini bosqichma-bosqich oshirib borishni rejalashtirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!