Github saytida Minoca OS nomli yangi ochiq operasion tizimning birlamchi kodi va texnik hujjatlari paydo bo‘ldi. Tizim erkin GNU GPL v3 lizensiyasi bazasida yaratilgan. Dasturchilarning ma’lum qilishicha, ushbu operasion tizim butunlay yangi kodlar bilan yozilgan, kompyuterning apparat qismiga yuqori talablar qo‘ymaydi va Linux’ga qaraganda tezroq ishlay oladi.
Operasion tizim yaratuvchilari Evan Grin va Kris Stivenslarning qayd etishicha, dastur yadrosi mexanizm va yangilanishlari o‘tgan asrning 90-yillaridan beri o‘zgarmagan va natijada sezilarli eskirgan.
Dastur kodi 625 mingta qatordan iborat. Asosan S dasturlash tilida yozilgan bo‘lsa-da, biroq S++ va assemblerdan ham foydalanilgan. x86 uchun mo‘ljallangan yadroning hajmi – 750 KB. Minoca OS to‘liq ishlash holatida 5-7 MB operativ xotirani tashkil qiladi, ARMv6 va ARMv7 texnologiyasidagi prosessorlarda ham ishga tushadi.
Ferra nashrining ma’lum qilishicha, Minoca OS dasturini mobil qurilmalar, sozlanadigan tizimlar, kuchsiz kompyuterlar va Raspberry Pi kompyuterlarida ishlatsa bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”