date
views 473

Apple yangi MacBook Air va iPad Air’ni tez orada taqdim etadi

Apple yangi MacBook Air va iPad Air’ni tez orada taqdim etadi
Bloomberg jurnali muharriri Mark Gurman xabar berishicha, Apple doʻkonlarida iPad Air va MacBook Air zaxiralari kamaymoqda. Bu esa tez orada yangi modellarning rasmiy taqdimoti boʻlishi mumkinligidan dalolat beradi.

Kompaniyaning yangi MacBook Air va iPad Air qurilmalari an'anaviy yengillik va kuchli texnik xususiyatlari bilan ajralib turishi kutilmoqda. Dizayn jihatidan esa katta oʻzgarishlar boʻlmasligi mumkin.

Taxminlarga koʻra, Apple maxsus tadbir oʻtkazmasdan, mahsulotlarni bevosita onlayn taqdim qiladi, xuddi avvalgi qurilmalar singari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple yangi MacBook Air va iPad Air’ni tez orada taqdim etadi