Fox Business ma'lumotiga koʻra, Intel kompaniyasi moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda – tuzilmasini oʻzgartirish va dividend toʻlovlarini bekor qilish aktsiyalar kursi tushib ketishiga sabab boʻldi. Soʻnggi yillarda Intel faqat AMD chiplariga boʻlgan talabdan foyda koʻrmoqda.
Microsoft’ning sobiq rahbari Bill Geyts esa Associated Press’ga bergan intervyusida Intel’ning raqobatchilaridan ortda qolganini va bozor poygasiga qaytish uchun katta investitsiyalar kerakligini aytdi.
Geytsning fikriga koʻra:
🔹 Intel AI chiplaridagi oʻsish sur'atini oʻtkazib yubordi
🔹 NVIDIA va Qualcomm kabi kompaniyalarning ilgʻor ishlab chiqarish standartlariga moslasha olmadi
Shunga qaramay, Intel hali ham mavjud moliyaviy resurslari va AQSh hukumatining koʻmagi bilan oʻzini saqlab qolmoqda. Yangi Panther Lake arxitekturali protsessorlar chiqarilishi esa kompaniyaning ogʻir moliyaviy ahvolini yaxshilashi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar