6 825
Puma bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan krossovkalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi ortidan Puma firmasi ham bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan krossovka ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Autodiscs nomli yangi krossovkalar ichiga bog‘lanishni zaiflashtiruvchi yoki kuchaytiruvchi elektromotor o‘rnatilgan bo‘ladi. Bog‘lanish bevosita krossovkadagi tugma yoki mobil dastur orqali amalga oshiriladi.
Ilgariroq Nike kompaniyasi bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan Nike Hyperadapt 1.0 krossovkalarini ishlab chiqqani haqida xabar berilgandi. Puma yaratuvchilarining aytishicha, Autodiscs krossovkasining Hyperadapt 1.0 ga nisbatan ikkita ustunligi bor.
Birinchisi, bog‘ichlarni boshlovchi motor krossovkaning tagcharmida emas, tilida joylashgan. Bu oyoq kiyimning egiluvchanligini saqlab qolishga yordam beradi.
Ikkinchi ustunlik shundan iboratki, krossovkaning bog‘lanishini mobil dastur yordamida smartfon orqali amalga oshirish mumkin. Krossovkada nima bilan shug‘ullanishga qarab, uning bog‘lanishini har ikki yoki alohida oyoq uchun maksimal darajada qulay holatga keltirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi