Rossiyaning Moskva shahrida istiqomat qiluvchi Vladimir Guriev ismli dasturchi iOS platformasi uchun mo‘ljallangan Fast Keyboard nomli klaviaturani ishlab chiqdi. Terabayt.uz nashrining yozishicha, klaviatura yaqin insonlar va tanishlar bilan tezkor muloqot qilishga ko‘maklashadigan tayyor so‘z va iboralarda tashkil topgan.
Gurievning ta’kidlashicha, bunday klaviatura an’anaviy klaviaturalarga qaraganda bir muncha vaqtni tejashga yordam berish bilan birga, suhbat davomida foydalanvchilarga qo‘shimcha qulaylik ham yaratadi. Shuningdek, dasturchi bunday tayyor so‘zlardan iborat klaviaturani stikerlarga qiyosladi, biroq stikerlar, dasturchining fikricha, suhbatdoshlar tomonidan unchalik ham jiddiy qabul qilinmaydi.
Klaviaturada so‘z va gaplar, shu bilan birga, panellar ro‘yxatini ham tahrirlash mumkin. Qo‘shimcha so‘z va iboralarni qo‘shish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Klaviaturada jami 15 ta panel mavjud. Bitta ekranda 4 ta klaviatura joylashadi. Ilova 149 rubl narxida sotilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”