![Intel Core i9-15900K Geekbench testida kutilganidan past natija koʻrsatdi](/uploads/posts/2025-02/2082265650_intel-15900.webp)
Geekbench bazasida Intel Core i9-15900K protsessori paydo boʻldi. Biroq, uning yadrolari va oqimlari soni Core i9-14900K bilan mos kelishi sababli, bu model notoʻgʻri identifikatsiya qilingan muhandislik namunasi boʻlishi mumkin.
Protsessor 24 yadro va 32 oqim, shuningdek 8 MB L2 va 36 MB L3 keshga ega. U LGA 1700 soketida ishlaydi va Raptor Lake yoki Raptor Lake Refresh seriyasiga tegishli. Aslida Intel'ning haqiqiy 15-avlod (Arrow Lake) protsessorlari boshqa identifikatorga ega.
Geekbench testlari natijalari umidsizlikka sabab boʻldi:
Yagona yadro testi – 2279 ball
Koʻp yadroli testi – 11690 ball
Bu Core i9-14900K natijalaridan ancha past (taxminan 3000 va 20000 ball). Bundan tashqari, 15900K protsessorining tezligi ham past: bazaviy chastotasi 800 MHz, maksimal Boost 4.8 GHz, holbuki 14900K ning maksimal chastotasi 5.8 GHz.
Test JGINYUE B760I Snow Dream anokartida oʻtkazilgan. Intel 15000-seriyasini chiqarishni rejalashtirmayotganini tasdiqladi. Bu faqat notoʻgʻri aniqlangan Core Ultra 2 vakili boʻlib, yangi avlod protsessorlar tez orada paydo boʻlmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar