03:28 / 14.02.2025
103

Google hali ham qidiruv bozorining 95% ulushiga ega

Google hali ham qidiruv bozorining 95% ulushiga ega
Google bozor ulushini yo‘qotmoqda, ammo hali ham 95% ni nazorat qiladi.

Sun’iy intellekt asosidagi qidiruv tizimlari rivojlanayotgan bo‘lsa-da, Google hali ham raqobatchilarsiz qolmoqda. Seranking 2024 hisobotiga ko‘ra, kompaniyaning qidiruv bozoridagi ulushi 0,91% ga kamaygan, ammo u hali ham 95% organik trafikni ta’minlaydi.

Eng yaqin raqobatchi Microsoft Bing 0,17% o‘sish bilan 3,51% ga yetdi. DuckDuckGo va Yahoo esa bozorning 1% dan kam ulushiga ega bo‘lib qolmoqda.

Sun’iy intellekt qidiruvlari ommalashmoqda

2024-yilda ChatGPT qidiruvi tez rivojlanib, 0,09% bozor ulushiga yetdi, Perplexity esa 0,02% ga o‘sdi. Ammo bu natijalar Google pozitsiyalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Microsoft Bing’ga sun’iy intellekt integratsiyasini joriy qilib, Google foydalanuvchilarini o‘ziga jalb qilishni rejalashtirmoqda. Ammo Google AI Overviews va Gemini 2.0 kabi innovatsion texnologiyalari bilan o‘z yetakchiligini saqlab qolyapti.

Google hozircha 24 barobar katta ulushga ega bo‘lib, qidiruv bozorining mutlaq yetakchisi bo‘lib qolmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno