
Taniqli milliarder va xAI texnologiya kompaniyasi rahbari Ilon Mask yangilangan Grok 3 chat-boti taqdim etilishini e'lon qildi.
Mask ushbu yangi sun'iy intellektni "Erdagi eng aqlli AI" deb ta'rifladi. Uning taqdimoti 18 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da (Tinch okeani vaqti bilan 17 fevral 20:00 da) boʻlib oʻtadi.
Yangilangan Grok 3 tizimi ma'lumotlarni tahlil qilish va javob berish boʻyicha ilgari hech bir ishlanma erisha olmagan darajada yuqori samaradorlikka ega. Sinovlarda Grok 3 raqobatchilarini ortda qoldirgani haqida Mask ma'lum qildi.
Avvallari Grok chat-botidan faqat X Premium obunachilari foydalanishlari mumkin edi. Grok 3 esa barcha uchun bepul. Uni ishlatish uchun grok.com veb-sayti yoki mobil ilova orqali kirish kifoya. Chat-botning asosiy farqi — deyarli chegarasiz savol-javob imkoniyatiga ega boʻlishi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar