09:53 / 18.02.2025
138

Tether falaj odamlar uchun aql bilan boshqariladigan texnologiyalar yaratmoqda

Tether falaj odamlar uchun aql bilan boshqariladigan texnologiyalar yaratmoqda
Tether kompaniyasi Neuralink’ga o‘xshash neyrochip yaratish ustida ishlamoqda. USDT emitenti Neurotech kompaniyasi bilan hamkorlik qilib, falaj odamlarning robotlar, dronlar va matn yozish tizimlarini fikr kuchi bilan boshqarishiga yordam beradigan texnologiyalarni rivojlantirmoqda.

Tether ushbu tadqiqotlarga 200 million dollar sarmoya kiritgan.

Ma’lumki, Neuralink — bu Ilon Mask tomonidan asos solingan neyrotexnologik kompaniya bo‘lib, u miya va kompyuter o‘rtasida bevosita aloqa o‘rnatish uchun implantlar ishlab chiqadi. Uning maqsadi falaj odamlarning harakatlanishini tiklash, sun’iy aql bilan integratsiyani kuchaytirish va miyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri texnologiyalarga ulash imkoniyatini yaratishdan iborat.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno