19:29 / 19.02.2025
764

Yaponiyada har qanday joyda uxlasa boʻladigan “aqlli” kurtka yaratildi

Yaponiyada har qanday joyda uxlasa boʻladigan “aqlli” kurtka yaratildi
Foto: DesignBoom
Yaponiyaning ZZZN kompaniyasi Sleep Apparel System nomli yangi innovatsion paxmoq kurtkani taqdim etdi. U foydalanuvchilarga istalgan joyda va vaqtda uxlash imkonini berib, nafaqat issiqlikni ta'minlaydi, balki bir nechta ilgʻor texnologik funktsiyalarni ham oʻz ichiga oladi, deb yozadi Daryo nashri.

Kurtka quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

Biometrik ma'lumotlarni kuzatish: Sleep Apparel kurtkasi komplektida maxsus uzuk ham boʻlib, u foydalanuvchining uyqu holati, stress darajasi va yurak urish tezligini kuzatib boradi. Bu ma'lumotlar asosida kurtka egasiga moslashtirilgan optimal uyqu muhiti ta'minlanadi.

Ovoz tizimi: Bosh qismiga oʻrnatilgan quloqchinlar orqali uyquga ketishni osonlashtiruvchi turli musiqa va ohanglar taraladi. Bu quloqchinlar tashqi shovqinni izolyatsiya qilib, chuqur dam olishga yordam beradi.

Foto: DesignBoom
Yoritish tizimi: Uyquga ketish jarayonida bosh qismidagi qizil yoritgichlar quyosh botgandagi shafaqdek sokinlik beradi. Uygʻonish vaqtida esa koʻk yoritgichlar va maxsus musiqa tananing tetiklashishiga koʻmaklashadi.

Ergonomik dizayn: Kurtka englari va etakdagi tortuvchi iplar yordamida, foydalanuvchi oʻzining oʻlchamiga mos ravishda kiyimni sozlab olishi mumkin.

Foto: DesignBoom
Turli sharoitlarga moslashuvchanlik: Kurtkaning bosh qismi va kapyushoni bosqichma-bosqich yopiladi va tik oʻtirgan holatda ham uxlash imkonini beradi. Shuningdek, u foydalanuvchining uyqu holati, atrof-muhit harorati va sharoitlariga mos ravishda sozlanadi.

ZZZN Sleep Apparel System kurtkasi 2025 yilda 13 apreldan 13 oktyabrgacha Osaka shahrida boʻlib oʻtadigan Expo koʻrgazmasida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno