13:45 / 07.11.2016
7 592

Porsche Design – Huawei Mate 9 modelining premium versiyasi

Porsche Design – Huawei Mate 9 modelining premium versiyasi

Bundan bir necha kun oldin Xitoyning Huawei kompaniyasi navbatdagi flagman — Huawei Mate 9 fabletini namoyish qilgan edi. Flagman bugungi kunning eng kuchli prosessori Kirin 960 bilan jihozlangan. Bundan tashqari, model Leica kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan butunlay yangi qo‘sh kameraga (20MP + 12MP) ham ega bo‘lgan.

Yangi fabletning standart versiyasi bilan bir qatorda, kompaniya uning premium modifikasiyasi, qora rangli Huawei Mate 9 Porsche Design modelini ham taqdim etdi. Tabiiyki, Huawei Mate 9 Porsche Design fabletning standart versiyasiga qaraganda bir muncha ilg‘or parametrlar bilan jihozlangan.

Premium smartfonga 5,5 dyuymli QHD formatidagi AMOLED ekran, ixchamroq korpus va 4000 mA/st sig‘imidagi batareya o‘rnatilgan. Qalinligi – 7,5 mm, vazni – 169 gramm. Huawei Mate 9 Porsche Design standart versiyadagi model kabi Kirin 960 prosessorida faoliyat ko‘rsatadi, tezkor xotirasining hajmi 6 GB, doimiy xotiraniki esa 256 GB! Kamerasinign formati stanlart versiyanikidan deyarli farq qilmaydi.

Mate 9 Porsche Design dekabr oyida birinchi bo‘lib Evropada sotuvga chiqariladi. Narxi – 1395 evro!

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Porsche Design – Huawei Mate 9 modelining premium versiyasi