
Milliarder Ilon Maskka tegishli xAI kompaniyasi sun'iy intellektga asoslangan til modeli — Grok 3 ishga tushirilganini e'lon qildi.
«Bu yuz berdi: dunyodagi eng aqlli Grok 3 sun'iy intellekt modeli endi bepul», — deyiladi X ijtimoiy tarmogʻida joylangan xabarda.
Postda chat-botga kirib foydalanish uchun havola ham koʻrsatilgan.
X Premium+ va SuperGrok pulli obuna versiyalari egalari kengaytirilgan funktsiyalardan foydalana oladilar, qolaversa, ovozli rejim va boshqa qoʻshimcha qulayliklar ularga hammadan oldin taqdim etiladi.
Bir necha kun avval Ilon Mask Grok 3 taqdim etilishidan darak berib, uni mavjud sun'iy intellekt chat-botlari orasida eng aqllisi, deya ta'riflagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar