Open Data Challenge 2016 — ochiq ma’lumotlar asosida ilovalar yaratish bo‘yicha an’anaviy tanlov e’lon qilindi.
Tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorligida o‘tkazib kelinadi.
Open Data Challenge — dasturchi, dizayner hamda jurnalistlardan tashkil topgan IT-jamoalarning davlat ochiq ma’lumotlaridan foydalangan holda ishlab chiqqan dasturiy mahsulotlari, loyihalarini saralab oluvchi tanlov. Tanlovning o‘ziga xosligi shundaki, hali g‘oya sifatida taqdim qilingan loyihalar jamoalar tomonidan 2 sutka ichida yangi veb-, mobil ishlanma, interaktiv xizmatning namunaviy yoki birlamchi nusxasiga aylantirilishi, shuningdek, g‘oyani amalga tatbiq etishga xizmat qiladigan va uni aniqroq ifodalashga yordam beradigan infografika, maqolalar tayyorlanishi lozim.
Tanlovda dasturchilar, grafik-tasvir dizaynerlari, internet sohasi vakillari, tahlilchilar, jurnalistlar, faollar va ochiq ma’lumotlar bilan ishlashga qiziqqan barcha ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda asosiy shart — yaratilajak mahsulot, ya’ni ilova xizmat, infografika hamda ma’lumot Open Data Challenge 2016 mobaynida yaratilgan va ungacha tayyorlanmagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, tanlov davomida mavjud ishlanmalarni, manbalarni yanada rivojlantirib, boyitgan holda ham ishtirok etish mumkin.
Tanlovda barcha loyihalar 27 noyabr kuni davlat idoralari va jamoatchilik, biznes vakillari, mustaqil ekspertlardan iborat tanlov hakamlar hay’ati e’tiboriga taqdim etiladi.
G‘oliblar quyidagi nominasiyalar bo‘yicha aniqlanadi:
Ochiq ma’lumotlar asosida yaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyiha (mobil va veb-ilova);
Ochiq ma’lumotlar asosida yaratilgan eng yaxshi biznes loyiha (mobil va veb-ilova);
Ochiq ma’lumotlar asosida yaratilgan eng yaxshi ijodiy ish (infografika va maqola). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»