16:49 / 08.11.2016
6 592

Apple kompaniyasi iPhone 7’ni yangi rangda chiqaradi

Apple kompaniyasi iPhone 7’ni yangi rangda chiqaradi

Apple kompaniyasi iPhone 7’ni «oq oniks» yoki Jet White deb ataluvchi yangi tusda chiqarmoqchi, deya yozmoqda «Daryo» Yaponiyaning obro‘li Macotakara manbasiga tayanib. Ushbu rang bu yil Apple mahsulotlari xaridorlari orasida eng ko‘p ommalashgan «qora oniks»ga juft bo‘ladi.

Jet Black’da bo‘lgani kabi, yangi oq rang ham jiloli effektga ega bo‘ladi.

Xabar berilishicha, «qora oniks» tusidagi gadjetlarda korpus jilosiz alyuminiydan tayyorlangan, yaltiroq effektga erishish uchun esa telefon qobig‘i 9 pog‘onali anodlash va silliqlash jarayonidan o‘tadi.

Taxminlarga ko‘ra, yangi oq rangni kompaniya iPhone 7 smartfonlari savdosini yaxshilash maqsadida qo‘shishga qaror qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple kompaniyasi iPhone 7’ni yangi rangda chiqaradi