
Apple CarPlay tizimini sezilarli darajada yangilab, iOS 18.4 beta versiyasida katta ekranlar uchun uchinchi qator ikonka qo‘shdi. Bu o‘zgarish avtomobil ekranlarida interfeysni yanada qulay va zamonaviy qilishga qaratilgan.
Avvalgi versiyalarda CarPlay barcha ekran o‘lchamlarida faqat ikkita qator ikonka ishlatgan, bu esa ba’zi avtomobillarda to‘liq mos tushmas edi. Yangi dizayn esa 11 dyuym va undan katta ekranlarga mos ravishda ikonkalarning hajmini kichraytirib, interfeysni yanada ixchamlashtirdi.
Mazkur yangilanish iOS 18.4’ning rasmiy chiqarilishi bilan barcha CarPlay foydalanuvchilari uchun taqdim etiladi.
Shu bilan birga, jamoatchilik Apple’ning yangi avlod CarPlay tizimini e’lon qilishini kutmoqda. Dastlab, kompaniya CarPlay 2.0 versiyasining 2024-yil oxirida taqdim etilishini aytgan edi, ammo hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q. Yangi versiyada avtomobilning iqlim nazorati, to‘xtash kamerasi va boshqa tizimlari bilan integratsiya bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar