
Samsung yangi arzon narxli Galaxy Buds FE 2 quloqchinlarini ishlab chiqmoqda. Ular 2023-yilda chiqarilgan Galaxy Buds FE modelining bevosita davomchisi bo‘lib, taxminiy narxi 99 dollar (taxminan 1 260 000 so‘m) bo‘lishi kutilmoqda.
GalaxyClub ma’lumotlariga ko‘ra, yangi quloqchinlar SM-R410 model raqamiga ega bo‘ladi, bu esa ularning avvalgi SM-R400 modeli bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Hozircha yangi qurilmaning texnik xususiyatlari ma’lum emas. Shuningdek, Buds FE 2 dizayni Buds 3 uslubiga mos keladimi yoki oldingi FE uslubini saqlab qoladimi, noma’lum. 2023-yilgi Buds FE modeli almashtiriladigan quloq yostiqchalari bilan ajralib turardi, lekin yangi versiyada bu funksiya saqlanib qolishi noma’lum.
Samsung ushbu modelni kuz faslida e’lon qilishi kutilmoqda. Agar taxminlar to‘g‘ri bo‘lsa, Buds FE 2 original Fan Edition naushniklarining chiqarilishidan ikki yil o‘tib taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar