
Realme o‘zining P3 smartfonlar qatorini kengaytirish uchun yangi model — Realme P3 Ultra ni ishlab chiqmoqda. Ushbu qurilma yuqori unumdorlikka yo‘naltirilgan bo‘lib, u Dimensity 8350 chipseti bilan jihozlanadi. Bu esa o‘yin tajribasini sezilarli darajada yaxshilaydi, ayniqsa qurilmaga StarSpeed Engine tizimi o‘rnatilgani inobatga olinsa.
Ma’lumotlar Geekbench platformasida paydo bo‘lib, unda 12GB RAM va Android 15 operatsion tizimi mavjudligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, 256GB doimiy xotira bilan ta’minlanishi va kulrang rangdagi versiyada chiqarilishi ma’lum bo‘ldi. Ushbu model Realme P3 Pro dan yuqori o‘rinni egallashi kutilmoqda.
Taxminan 4 000 000 so‘m atrofida baholanayotgan Realme P3 Ultra, Dimensity 8400 chipsetiga ega Poco X7 Pro ning bevosita raqibiga aylanadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Realme P3 Ultra kuchli va nisbatan arzon smartfon qidirayotgan foydalanuvchilar, ayniqsa mobil geymerlar uchun mashhur variantga aylanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar