Google kompaniyasi yaqinda dasturchilar uchun o‘tkazilgan Chrome Dev Summit 2016 konferensiyasida birinchi marta Chrome brauzerining o‘rnatilish qo‘lamiga aniqlik kiritdi.
Chrome Engineering bo‘limi vise-prezidenti Derin Fisherning qayd etishicha, butun dunyo bo‘ylab Chrome brauzeri o‘rnatilgan qurilmalarning soni 2 milliardan ortiqdir. Terabayt.uz saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Google bundan avval Chrome brauzerining qancha gadjetlarga o‘rnatilishiga oid ma’lumotlarni oshkor qilmagan. Faqatgina shu yilning aprel oyida Chrome brauzerining mobil ilovasini oyiga 1 milliardga yaqin foydalanuvchilar ishlatishi borasida xabar berilgan, xolos.
Google kompaniyasining hozirda foydalanuvchilar bazasi 1 milliarddan ortiq bo‘lgan 7 ta mahsuloti mavjud. Bular: Gmail, Android, Chrome, Maps, Search, YouTube va Google Play resursidir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»