
Samsung Galaxy S25 Edge flegman smartfoni may oyida rasman sotuvga chiqariladi. Qurilma aprel oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ikki xil variantda sotuvga chiqadi: 256 GB xotirali model $1 031 va 512 GB versiyasi $1 120 ga baholanmoqda. Shuningdek, 1 TB versiyasi ishlab chiqarilmaydi.
Smartfonning qalinligi atigi 5,84 mm bo‘lib, bu Samsung’ning eng nozik modellari qatoriga kiradi. Galaxy S25 Edge teleob’yektivdan voz kechib, uning o‘rniga 200 MP ultra kamera bilan jihozlanadi. Biroq, bu kamera Galaxy S25 Ultra dagi texnologiyaga asoslangan bo‘lsa-da, teleob’yektiv yo‘qligi muhokamalarga sabab bo‘lishi mumkin.
Samsung dastlab 40 000 dona smartfon chiqarishni rejalashtirgan, bu kompaniyaning bozorga ehtiyotkorona yondashayotganini ko‘rsatadi. Galaxy S25 Edge va iPhone 17 Air asosan dizayn muhim bo‘lgan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan, garchi ayrim texnik xususiyatlar qurbon qilingan bo‘lsa ham. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar