22:10 / 12.11.2016
9 259

Dumpster – smartfondagi “Korzina”

Dumpster – smartfondagi “Korzina”

Ba’zida smartfondan bilib-bilmay kerakli rasm, video va boshqa fayllarni o‘chirib yuboramiz. Albatta, ko‘pincha o‘chirilgan fayllarni tashqi dastur va qurilmalar (masalan kompyuter) yordamida tiklash mumkin. Biroq buning vaqt va mablag‘ talab etiladi.

Bunday noxush holatlarning oldini olish biz o‘ylagandan ancha oson. Buning uchun Google Play’da bir qator ilovalar mavjud bo‘lib, ular o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash imkoniyatini beradi. Mana shunday ilovalardan biri Dumpster — Korzina ilovasidir.

Ilovadan foydalanish juda qulay, buning uchun sizdan maxsus malaka yoki bilim talab qilinmaydi. U xuddi kompyuterdagi “Korzina” (Savat) kabi ishlaydi. Mazkur ilova bilan smartfondan istalgan faylni bexavotir o‘chirib yuborish mumkin. Agar o‘chirilgan fayllardan birortasi yana sizga kerak bo‘lsa, ilovaga kirib uni tiklasangiz bo‘ladi. Ilova foto, video, audio pdf, zip, mp3, mp4, ppt, doc, avi, mpg, jpg, rar va boshqa ko‘plab formatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ilovadan foydalanish uchun rut-asos yoki internet aloqasi kerak bo‘lmaydi.

Shuningdek, ilovani o‘zidan bevosita fayllarni turli servis va messenjerlarga yuborish, agar ilovadagi biror fayl umuman kerak bo‘lmasa, uni butunlay o‘chirib tashlash mumkin.

Eslatma: Ilova Android platformasida ishlaydigan qurilmalarga mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dumpster – smartfondagi “Korzina”