22:18 / 12.11.2016
9 009

Android 7.0 versiyasiga yangilangan Samsung Galaxy S7 va S7 Edge’da ko‘k nur filtri paydo bo‘ladi

Android 7.0 versiyasiga yangilangan Samsung Galaxy S7 va S7 Edge’da ko‘k nur filtri paydo bo‘ladi

Bundan bir necha kun avval Samsung Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlaridagi Android Nougat dasturining interfeysi haqida saytimizda xabar bergan edik. Kundan-kunga ushbu flagmanlardagi Android 7.0 versiyasiga tegishli yangi tafsilotlar paydo bo‘lmoqda.

Terabayt.uz sayti yozishicha, Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlariga mo‘ljallangan Android 7.0 dasturining beta-versiyasiga ko‘k nur filtri tatbiq etilgan. Bunday funksiya ilk marotaba Galaxy Note 7 modelida paydo bo‘lgan edi. U ishlash xususiyati bilan iOS’dagi Night Shift funksiyasiga o‘xshash.

Ko‘k nur filtri displeqdan chiqadigan ko‘z uchun zararli ko‘k nurlarni kamaytiradi. Ushbu yangilik, ayniqsa, smartfondan yaxshi yoritilmagan sharoitlarda foydalanganda juda qo‘l keladi va ekrandan chiqadigan zararli ko‘k nurni bartaraf etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Android 7.0 versiyasiga yangilangan Samsung Galaxy S7 va S7 Edge’da ko‘k nur filtri paydo bo‘ladi