
GeForce RTX 5060 va RTX 5060 Ti narxlari va texnik xususiyatlari rasmiy e’londan oldin internetga sizib chiqdi, deb xabar beradi Pepelac News.
Xitoylik chakana sotuvchilar ma’lumotiga ko‘ra, RTX 5060 12 GB videoxotira bilan taqdim etiladi, bu esa avvalgi 8 GB GDDR7 haqidagi ma’lumotlarga zid kelmoqda.
Narxlar quyidagicha (hozirgi kurs bo‘yicha):
RTX 5060 – 3 799 yuan (6,27 million so‘m)
RTX 5060 Ti – 4 299 yuan (7,1 million so‘m)
Bu narxlar kutilganidan ancha yuqori, chunki avval RTX 5060 4,2 million so‘m atrofida baholanayotgan edi.
RTX 5060 va 5060 Ti texnik xususiyatlari:
RTX 5060: 3 840 CUDA yadro, 128-bit interfeys, TDP 150 Vt
RTX 5060 Ti: 4 608 CUDA yadro, TDP 180 Vt
RTX 5060 ning 12 GB versiyasi bozorga muhim yangilik olib kirishi mumkin, chunki 8 GB xotirali videokartalar zamonaviy o‘yinlar uchun yetarli emasligi tobora ayon bo‘lib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar