14:03 / 25.03.2025
85

Apple Watch’dagi kutilgan funksiya yana ortga surildi

Apple Watch’dagi kutilgan funksiya yana ortga surildi
Apple Watch soatlariga qon bosimini kuzatish funksiyasini joriy etishda Apple qiyinchiliklarga duch kelmoqda, deb Pepelac.news xabar berdi. Bu haqda Bloomberg nashrining jurnalisti Mark Gurman Power On axborot byulletenida ma’lum qilgan.

Kompaniya ushbu funksiya ustida 2022-yil yanvaridan beri ish olib bormoqda, ammo hozirgacha uni samarali tarzda qurilmaga integratsiya eta olmagan. Gurmanning so‘zlariga ko‘ra, funksiyaning dastlabki versiyasi aniq natijalar bermagan, shu sababli Apple uni takomillashtirish ustida ishlayotgan edi.

Avval bu funksiya Apple Watch Series 10 modellarida paydo bo‘lishi kutilgandi, lekin bu amalga oshmadi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, funksiya foydalanuvchidagi bosim o‘zgarishlarini kuzatib, gipertoniya belgilari aniqlanganda ogohlantirish yuborishi kerak edi. Bu xabardan so‘ng foydalanuvchi shifokorga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.

2024-yil dekabrida Gurman Apple bu funksiya ustida faol ish boshlaganini va u 2025-yilda paydo bo‘lishi mumkinligini bildirgandi. Ammo so‘nggi xabarlarga ko‘ra, bu muddat ham endi haqiqatga yaqin emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno