
Galaxy S25 One UI 8 va Android 16da sinovdan o‘tdi, deb Pepelac.news xabar berdi. Samsung’ning Galaxy S25 smartfoni Geekbench ma’lumotlar bazasida Android 16 operatsion tizimi va One UI 8.0 grafik qobig‘i bilan qayd etildi. Bu esa yangi One UI versiyasi avvalgidan tezroq rivojlanayotganini ko‘rsatadi.
Avvalroq Android 16 dasturiy ta’minoti Galaxy S25 Ultra modeli uchun Samsung serverlarida aniqlangan edi. Endilikda esa Galaxy S25’ning asosiy modeli ham Android 16 bilan Geekbench’da testdan o‘tdi. Bu esa One UI 8.0 yangilanishi One UI 7 ga qaraganda tezroq chiqishi mumkinligidan darak beradi.
2023 yilda Galaxy S24 seriyasi uchun Android 15 ilk bor may oyida chiqqan, test natijalari esa iyulda aniqlangan edi. Samsung avvalroq One UI 7’ni ishlab chiqish ko‘p vaqt talab etganini aytgan. Sababi — dasturiy ta’minotdagi katta o‘zgarishlar edi. One UI 8 esa kichikroq yangilanish bo‘lishi kutilmoqda va kamroq ishlab chiqish vaqtini talab qiladi.
Shuningdek, One UI 8’ning erta chiqishiga sabab bo‘luvchi yana bir omil — Google’ning yangi ishlab chiqish modeli. Endi Android 16 iyun oyida chiqishi rejalashtirilgan, ilgari esa bu avgust yoki sentabrda bo‘lardi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar