02:41 / 30.03.2025
393

Ilon Mask X (Twitter)’ni o‘zining xAI kompaniyasiga sotdi

Ilon Mask X (Twitter)’ni o‘zining xAI kompaniyasiga sotdi
Ilon Mask X (Twitter)’ni o‘zining xAI kompaniyasiga 33 milliard dollarga sotdi, deb iXBT xabar berdi.

Ilon Maskga tegishli sun’iy intellekt kompaniyasi xAI sobiq Twitter, hozirgi X ijtimoiy tarmog‘ini 33 milliard dollarga xarid qildi. Bu kelishuv ikki kompaniyani rasmiy ravishda birlashtirib, xAI’ning Grok deb nomlangan sun’iy intellekt modelini rivojlantirish imkoniyatini kengaytiradi.

Mask bu haqda X’dagi postida quyidagicha yozdi:
"Birlashtirilgan tuzilma 80 milliard dollarga baholanmoqda, X esa 33 milliard dollar (45 mlrd – 12 mlrd dollar qarz). AI va X’ning kelajagi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Bugundan boshlab biz ma’lumotlar, modellar, hisoblash, tarqatish va iste’dodlarni birlashtiramiz."

AI tomonidan yaratilgan tasvirga Mask "Yaxshi ish, bolalar," deb izoh qoldirdi.

Xam, xAI ham Reuters’ning rasmiy izoh so‘roviga javob bermagan. Bitim tafsilotlari hozircha noma’lum: investorlar qanday kompensatsiya oladi, X rahbariyati qanday integratsiya qilinadi, nazorat organlari bunga qanday yondashadi — bu savollarga javob yo‘q.

PP Foresight tahlilchisi Paolo Pescatore bu haqida shunday dedi:
"Bu voqea ajablanarli va biroz kutilmagan tuyuladi. Bu X haqidagi notinch tarixning yangi sahifasi bo‘lishi mumkin."

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask 2022-yil 27-oktabrda Twitter’ni sotib olib, uni X nomi ostida tubdan o‘zgartirgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno