
HyperOS 3 yangilanishini oladigan Xiaomi smartfonlari ro‘yxati ma'lum bo‘ldi, deb Pepelac.news xabar berdi.
Xiaomi Android 16 asosida ishlab chiqilgan yangi HyperOS 3.0 tizimini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Yangilanish 2025-yilning iyul oyidan boshlab tarqatilishi rejalashtirilgan. Unda ishlash tezligi, interfeys dizayni va sun’iy intellekt funksiyalari sezilarli darajada yaxshilanadi.
Hozircha rasmiy ro‘yxat e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, quyidagi modellarga yangilanish kelishi kutilmoqda:
Xiaomi:
Xiaomi 15, Xiaomi 14, Xiaomi 13 seriyalari
MIX Flip va MIX FOLD seriyalari (MIX Flip 2, MIX FOLD 4)
Xiaomi Pad 7 Pro, Pad 6S Pro
Redmi:
Redmi Note 14, 13, 12
Redmi K80, K70, K60
Redmi Pad Pro 5G, Redmi Pad SE
POCO:
POCO F7 Pro, X7 Pro, M7 Pro 5G
POCO X7 Pro Iron Man Edition
Yangilanish foydalanuvchilarga tezroq ishlash, barqarorlik va zamonaviy sun’iy intellekt xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Navigatsiya va interfeys silliqligi ham sezilarli darajada oshadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar