
Ulefone kompaniyasi yangi himoyalangan smartfoni — Armor 30 Pro'ni taqdim etdi. Bu qurilma yuqori mustahkamlik va zamonaviy texnologiyalarni birlashtiradi. Smartfon 12 800 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 66 vattli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, ikki ekran va tungi ko‘rish funksiyasi bilan jihozlangan.
Armor 30 Pro IP68, IP69K va MIL-STD-810H standartlariga muvofiq himoya darajasiga ega bo‘lib, ekstremal sharoitlarda ishonchlilikni ta'minlaydi. Asosiy 6,95 dyuymli ekran 1080p rezolyutsiya va 120 Gts yangilanish chastotasiga ega. Ortdagi 3,4 dyuymli qo‘shimcha ekran selfi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar va tarjimon rejimida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Kamera tizimi 50 megapikselli asosiy sensor, 50 megapikselli ultrakeng burchakli obyektiv va 64 megapikselli tungi ko‘rish kamerasidan iborat bo‘lib, to‘rtta infraqizil LED yordamida mutlaq qorong‘uda suratga olish imkonini beradi.
Qurilma MediaTek Dimensity 7300X chipi bilan jihozlangan bo‘lib, 16 GB operativ xotira va 512 GB doimiy xotiraga ega. Shuningdek, 118 detsibelgacha ovoz chiqara oladigan kuchli dinamik bilan ta'minlangan.
Smartfon AliExpress saytida 380 dollar yoki taxminan 4 560 000 so‘m narxda sotuvga chiqarilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar