11:30 / 01.04.2025
1 149

DeepSeek yangi foydalanuvchilar soni bo‘yicha ChatGPT’ni ortda qoldirdi

DeepSeek yangi foydalanuvchilar soni bo‘yicha ChatGPT’ni ortda qoldirdi
Xitoyning DeepSeek startapi 2025-yil fevral oyida 524,7 millionta yangi tashrif bilan dunyodagi eng tez rivojlanayotgan sun’iy intellekt vositasiga aylandi, deb ixbt.com xabar berdi. Bu ko‘rsatkich ChatGPT (500 mln)dan ham yuqori.

Hozirda DeepSeek hajm bo‘yicha ChatGPT va Canvadan keyingi uchinchi yirik sun’iy intellekt vositasi hisoblanadi. Uning bozor ulushi 2,34% dan 6,58% gacha oshgan.

DeepSeek chat-boti 792,6 million tashrif va 136,5 million noyob foydalanuvchini qayd etgan. Hindiston 43,36 mln tashrif bilan 4-o‘rinda turadi.

Umuman olganda, fevral oyida sun’iy intellekt sohasida 12,05 milliard tashrif va 3,06 milliard noyob foydalanuvchi qayd etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno