
Microsoft korporatsiyasi Windows 11 operatsion tizimida qurilma ishlamay qolganida paydo bo‘ladigan ko‘k “o‘lim ekrani” (BSoD)dan voz kechishini e’lon qildi, deb kun.uz xabar berdi.
Yangi dizayn asosida, endi foydalanuvchilarga muammo yuzaga kelganda yashil fonli ekran ko‘rsatiladi. Bu interfeys Windows 11’ning umumiy ko‘rinishiga mos va tizimga tez qaytishni ta’minlaydi.
Yashil ekranda emoji va QR-kod bo‘lmaydi — faqat “Qurilmangiz muammoga duch keldi va qayta ishga tushirilishi lozim” degan yozuv va foizlik ko‘rsatiladi.
Microsoft qora fonli versiyani ham sinab ko‘rdi, biroq u Windows yangilanish markaziga o‘xshab ketgani bois bekor qilindi.
Ko‘k “o‘lim ekrani” dastlab 1990-yilda Windows 3.0 versiyasida paydo bo‘lgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar