23:27 / 17.11.2016
6 829

Ramkasiz Xiaomi Mi Mix “sabr-bardosh” sinovidan o‘tkazildi

Ramkasiz Xiaomi Mi Mix “sabr-bardosh” sinovidan o‘tkazildi

Bundan bir necha hafta ilgari Xitoyning Xiaomi kompaniyasi ramkasiz Mi Mix smartfonini namoyish qilgan edi. Hech shubhasiz, mazkur model 2016 yilning eng innovasion smartfonlaridan biri bo‘ldi.

Biroq 6,4 dyuymli yirik ekranga ega mazkur smartfonni ishlatib ko‘rgan ba’zi foydalanuvchilar uning zarbalarga chidamsizligini qayd qilishdi. Smartfonning orqa keramik paneli bag‘oyatda silliq bo‘lgani bois, qo‘ldan tushib ketgan taqdirda fabletning ekrani zararlanishi mumkin ekan. Barchaga smartfonlarni turli “sabr-bardosh” testlaridan o‘tkazish bilan yaxshi tanilgan videobloger Zak Nilson o‘zining You-Tube blogida bu gal mazkur ramkasiz yangi smartfonni sinovlarga duchor qildi.

Bloger avval smartfon ekrani va korpusini qirib ko‘radi. Keramik orqa panel qirilishlarga iPhone 7 modeliga qaraganda bir qadar chidamli bo‘lib chiqdi. Fabletning kamera ham turli qirilishlarga barqaror, korpusni kuch bilan egishning imkoni yo‘q. Garchi LCD IPS ekranga olov tutilganda u qoraysa-da, tez orada piksellar yana o‘zining avvalgi holatiga qaytgan. Qolganini videoda tomosha qilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ramkasiz Xiaomi Mi Mix “sabr-bardosh” sinovidan o‘tkazildi