date 16:47 / 07.04.2025
views 86

GeForce RTX 5060 Ti testda 10 242 ball oldi

GeForce RTX 5060 Ti testda 10 242 ball oldi
GeForce RTX 5060 Ti videokartasi o‘z imkoniyatlarini FurMark platformasida o‘tkazilgan test orqali namoyish etdi, deb xabar beradi pepelac.news. Qurilma 10 242 ball yig‘ib, oldingi avlod RTX 4060 Ti bilan deyarli teng natija ko‘rsatgan.

Videokarta 10DE-2D04 indeksi bilan testdan o‘tkazilgan va ikki versiyasi qayd etilgan: biri 190 Vt, ikkinchisi 180 Vt quvvat iste’mol qiladi.

Biroq ayrim texnik nosozliklar — dasturiy ta’minot (drayverlar) yoki apparat platformasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin, chunki testda turli versiyadagi drayverlar ishlatilgan.

NVIDIA hozirda yangi modelni chiqarish oldidan faol sinov va optimallashtirish ishlarini olib bormoqda. Bu kompaniya tomonidan yangi mahsulotlar taqdimoti oldidan doimiy amalga oshiriladigan tajribadir.

Oldindan chiqqan ma’lumotlar va test natijalari foydalanuvchilarda samaradorlik va energiya tejamkorligi borasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Yaqin kunlarda NVIDIA rasmiy texnik tafsilotlarni e’lon qilishi кutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno