date
views 350

NVIDIA yangi RTX 5060 Ti grafik kartalar narxini e’lon qildi

NVIDIA yangi RTX 5060 Ti grafik kartalar narxini e’lon qildi
NVIDIA kelasi haftada taqdim etilishi kutilayotgan GeForce RTX 5060 Ti videokartalarining tavsiya etilgan narxlarini e’lon qildi, deb pepelac.news xabar berdi.

8 GB xotirali model narxi taxminan 379 dollar yoki 4 927 000 so‘m, 16 GB versiyasi esa 429 dollar — ya’ni 5 577 000 so‘m atrofida bo‘ladi.

Bu narxlar avvalgi prognozlardan past bo‘lib, NVIDIA yangi xaridorlarni jalb qilishga harakat qilmoqda.

Texnik tavsiflar: GB206‑300 chipi, GDDR7 xotira (128-bit), 4 608 CUDA yadro, 144 Tensor va 36 RT yadro, 180 Vt quvvat sarfi, PCI Express 5.0 interfeysi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno